JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
Qishloq xo‘jaligini Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 2022 yil yanvar oyi holatiga g‘alla hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan hamda rejalashtirilayotgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT
G‘alla-2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi PQ-4634-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 130-son qarorlariga muvofiq, 2022 yilning 1 yanvar holatiga
2022 yil g‘alla hosili yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklarining buyurtmanomalariga asosan Jamg‘armadan Respublikaning barcha g‘alla yetishtiruvchi tumanlariga 2,0 trln. so‘mdan ortiq imtiyozli kredit resurslari o‘z vaqtida tijorat banklariga ajratib berildi.
Paxta-2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
26 fevraldagi PF-6179-son Farmonigа muvofiq, 2022 yil hosilidan boshlab paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish (kuzgi shudgorlashni va ekin maydonlariga zarur mineral o‘g‘itlarni yetkazib berishni ta’minlash) tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1 noyabridan boshlandi va ushbu maqsadlar uchun 2021 yilning noyabr-dekabr oylarida qariyib 1,0 trln. so‘m mablag‘lar tijorat banklarining buyurtmanomalariga asosan o‘z vaqtida moliyalashtirib berildi.