JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalarini xaridi uchun ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida ma’lumot
Jamg‘arma tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalariga lizing tashkilotlari orqali lizing shartlarida yetkazib byeriladigan paxta tyerish mashinasi va g‘alla o‘rish kombaynlari uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 50% miqdorida 7-10 yil muddatga mablag‘ ajratiladi.
Bunda, lizing oluvchi tomonidan texnika qiymatining 20 foizi avans to‘lovi sifatida, qolgan 80 foizi lizing tashkiloti tomonidan Jamg‘armadan ajratiladigan mablag‘laridan to‘lab byeriladi.
Jamg‘arma tomonidan 2 xil yo‘nalishda subsidiyalar:
1. Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikalari kredit yoki lizing shartlarida xarid qilinganda (traktorlar, aylanma omochlar, pnevmatik va mexanik ekish seyalkalar) kredit yoki lizing foiz xarajatlarining 10 foizlik punkti miqdorigacha;
2. Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan kam bo‘lmagan texnikalar xarid qilinganda texnika qiymatining 15 foiz miqdorida ajratilmoqda.