JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
G‘alla hosilini moliyalashtirish
G‘alla hosilini moliyalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 noyabrda “G‘alla etishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida” PQ-10-sonli qarori qabul qilindi.
1. G‘alla etishtirishni moliyalashtirish va birjadan sotib olish hamda sotishdagi quyidagi tartibi joriy qilindi:
a) Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kredit resurslari hisobidan g‘alla etishtirish xarajatlarini qoplash uchun imtiyozli kreditlarni g‘alla etishtiruvchi fyermyer xo‘jaliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari va g‘allachilik klastyerlariga ajratiladi;
Bunda, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 12 oy muddatgacha g‘alla yalpi hosili umumiy qiymatining 40 foizigacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 10 foiz, 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 12 foiz stavkadan (shundan bank marjasi 2 foiz) oshmagan miqdorda tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratiladi.
g‘alla etishtiruvchi fyermyer xo‘jaliklari, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari va g‘allachilik klastyerlariga kredit mablag‘laridan erkin foydalanish, minyeral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi texnikalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish huquqini byerildi.
2022 yildan boshlab respublika hududida ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlarini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan yer-suv sharoitlaridan kelib chiqqan holda mustaqil joylashtiriladi.
b) Ushbu qarorga muvofiq, Davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan barcha darajadagi mahalliy hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning quyidagilarga aralashuvi qat’iyan taqiqlandi:
- boshoqli don etishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlashga;
- ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish yo‘nalishlariga;
- bug‘doyni sotish jarayonlariga, shu jumladan shartnomalar tuzishga, xo‘jaliklarni don tayyorlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi ma’lum korxonalarga biriktirish, respublika hududlari o‘rtasidagi ichki tashuvlarga aralashuvi;
- g‘allachilik klastyerlari faoliyatiga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarni qo‘shish to‘g‘risida yozma yoki og‘zaki tartibda ko‘rsatma byerishlari.
v) 2022 – 2024 yillarda g‘allachilik klastyerlari va fyermyer xo‘jaliklari etishtirgan hosilning g‘alla ekilgan har gektar sug‘oriladigan maydon hisobidan respublika bo‘yicha o‘rtacha 2,5 tonnadan bug‘doyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini birjada shakllangan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotiladi.
Bunda, kalendar yilning 1 apreliga qadar erkin birja savdolariga qo‘yiladigan bug‘doyning fyermyerlar, klastyerlar va tumanlar kesimidagi taqsimotini hamda bug‘doyni saqlashga mos yopiq sig‘imlarga ega don qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Jamg‘arma tomonidan ichki bozorda narx barqarorligini ta’minlash uchun birja savdolaridan bug‘doy sotib olish va uni birjada sotish tartibi ishlab chiqilmoqda. Bunda:
Jamg‘arma nomidan birja savdolarida bug‘doy sotib oluvchi tijorat vakilini belgilash va tijorat vakilini tanlab olishning aniq va shaffof mezonlari;
tijorat vakili tanlovida “O‘zdonmahsulot” AK tizimi korxonalari bilan bir qatorda hududlarda donni qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanayotgan boshqa tadbirkorlik sub’ektlariga teng sharoit yaratilishi;
tijorat vakili Jamg‘arma nomidan xarid qilingan bug‘doy uchun o‘zining butun mol-mulki bilan javobgarligi;
tijorat vakili, Jamg‘arma topshirig‘iga asosan g‘allachilik klastyerlari va fyermyerlardan bug‘doy sotib olishi;
tijorat vakilining bug‘doyni xarid qilish, saqlash tabiiy kamayish, ortish, tashish va davlat zaxirasini yangilash bo‘yicha xarajatlarini qoplab byerish;
ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash uchun xarid qilingan bug‘doyning Jamg‘arma tomonidan birja savdolariga chiqarish, narxlarni saqlab turish maqsadida bug‘doyni sotishdan olingan ijobiy
va salbiy farqlarni qoplash ko‘zda tutulmoqda.