JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
Qishloq xo‘jaligini Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi tomonidan 2021 yil sentyabr oyi holatiga paxta va g‘alla hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan hamda rejalashtirilayotgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT
Paxta-2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi PQ-4633-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 11 martdagi
130-son qaroriga muvofiq, 2021 yil paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlari uchun tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarga asosan paxta-to‘qimachilik klasterlariga 6,6 trln. so‘m hamda fermer xo‘jaliklariga 755 mlrd. so‘m jami 7,3 trln. so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 662 mlrd. so‘m ko‘p imtiyozli kredit resurslari o‘z vaqtida tijorat banklariga moliyalashtirib berildi.
G‘alla-2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi PQ-4634-son qaroriga asosan 2021 yil g‘alla hosili yetishtirish xarajatlari uchun tijorat banklarining buyurtmanomalariga asosan
4,5 trln. so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 1,3 trln so‘m ko‘p mablag‘ ajratildi.
G‘alla-2021 (Yakuniy hisob-kitob)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi PQ-4634-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17 maydagi 304-son qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosilidan davlat resurslariga tovar va urug‘lik don xarid qilishga 2 434,4 ming tonna rejalashtirilgan. Shundan, tovar don 2 150 ming tonna va urug‘lik don 284,4 ming tonnani tashkil etadi.
“O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar tomonidan 2021 yil 1 sentyabr holatiga davlat resurslariga 2 244,6 ming tonna tovar don va 248,5 ming tonna urug‘lik don xarid qilingan. Buning uchun “O‘zdonmahsulot” AK buyurtmanomalariga asosan Jamg‘armadan 3 783,3 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. 2021 yil sentyabrga qadar Jamg‘arma tomonidan 2021 yil hosilidan davlat resurslariga tovar va urug‘lik don xarid uchun jami 3 604,1 mlrd.so‘m ajratildi.