JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
KELGUSI 2022 YIL G‘ALLA HOSILI UCHUN KUTILAYOTGAN MINIMAL NARXLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi “G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4634-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlarini tahlil qilgan holda kelgusi yil g‘alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlarni e’lon qilish vazifasi yuklatilgan.
Jahon bozori hamda mintaqaviy tovar birjalaridagi g‘alla xarid narxlari tahlil qilindi va mahalliy xarajatlarni inobatga olgan holda kelgusi 2022 yil g‘alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 2022 yil kutilayotgan minimal narx 1 tonna g‘alla hosili uchun 2,5 mln* so‘m bo‘lishini e’lon qiladi.
Mazkur minimal narx tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, g‘alla yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi sub’ektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida g‘alla xarid narxlarini o‘zaro manfatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilaydilar.
* – bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda kutilayotgan minimal narxga tuzatishlar kiritilib, ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boriladi.