JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
Mustaqil baholash tashkilotlariga! Baholash xizmati bo‘yicha tijorat takliflaringizni kutib qolamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish Departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament) Departament balansida bo‘lgan, 2017 yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqam belgisi 01 706 DFA bo‘lgan “CAPTIVA” rusumli hamda 2016 yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqam belgisi 01 730 FEA bo‘lgan “LACETTI” rusumli xizmat avtotransport vositalarini realizatsiya qilish uchun mustaqil baholash tashkilotlari orqali avtotransport vositalarining bozor bahosini aniqlashni rejalashtirgan.
Shu munosabat bilan mustaqil baholash tashkilotlarini yuqoridagi avtotransport vositalarini bozor bahosini aniqlab berish xizmati bo‘yicha o‘z tijorat takliflarini Departamentga taqdim etishlarini so‘raymiz.
Tijorat takliflarini qabul qilishning boshlanish sanasi:
2021 yil 19 iyul soat 9:00 dan;
Tijorat takliflarini qabul qilishning tugash sanasi:
2021 yil 24 iyul soat 9:00 gacha.
Tijorat takliflari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Departamentga yozma murojaat yoki elektron pochta orqali qabul qilinadi.
Takliflar qabul qilinadigan elektron pochta: info@fsf.gov.uz
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun tel: 71 239 - 10 - 62