JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
Qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
11 noyabrdagi PQ–7-son qaroriga asosan 2022 yil 1 yanvardan boshlab mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam bo‘lmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning vakolatli dilerlik tashkilotlari tomonidan yetkazib berilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun quyidagi subsidiyalardan bir vaqtda foydalaniladi:
- Xarid qilingan qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining
15 foizi miqdori qoplanadi. - Qishloq xo‘jaligi texnikasi kredit yoki lizing shartlari asosida harid qilinganda foiz harajatlarining 10 foiz punktidan ortiq qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Qishloq xo‘jaligi texnikasi kredit yoki lizing shartlarida xarid qilinganda joriy etilgan subsiyadilardan foydalanish uchun xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki yoki lizing tashkilotiga murojaat qilishlari mumkin.
Subsidiya shartlari bilan Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining agrofin.uz saytida tanishishlari mumkin.
Murojaat uchun: (71) 239-19-91, (95) 197-10-01, (99) 898-10-01