Qishloq xo‘jaligida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish, paxta xom ashyosi yetishtirishning samarali usullarini joriy qilish, uni qayta ishlash va tayyorlash, shu jumladan qayta ishlash asosida ishlab chiqarishni tashkil yetish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Molya vazirligi huziridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi hamda va Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi o‘rtasida “ Paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini va yakuniy hisob-kitoblarni moliyalashtirish” loyihasi bo‘yicha 2019 yil 13 noyabrda 50 million AQSH dollari qiymatidagi “Murabaha” moliyaviy bitimi imzolandi.