JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkiloti (FAO)ni ilk marta Xitoy vakili boshqaradi

Bugun Xitoy vakili Syuy Dun’yuy BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkiloti (FAO)ning yangi bosh direktori etib saylandi. FAOning Bosh qarorgohida o‘tkazilgan navbatdagi saylovda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Avval Xitoyning qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan Syuy Dun’yuy birinchi turda yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanib, 191 ovozdan 108 ovoz olishga erishdi. FAOning yangi bosh direktori Syuy Dun’yuy 2011 yildan beri tashkilotni boshqarib kelayotgan braziliyalik Xose Graziano da Silvaning o‘rnini egallaydi va ikkinchi muddatga qayta saylanadi. Syuy Dun’yuy shu yilning 1 avgustidan o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.
FAO rahbarligiga 3 nafar nomzod - Syuy Dun’yuy (XXR), Katrin Jeslen-Laneyel (Fransiya), David Kirvalidze (Gruziya)lar da’vogarlik qilishdi. Saylovda Syuy Dun’yuydan so‘ng eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod fransiyalik Katrin Jeslen-Laneyel bo‘ldi. U 72 ta ovoz oldi. Uchinchi nomzod gruziyalik David Kirvalidze saylovda 12 ta ovoz to‘play oldi.
FAO ning 1945 yilda tashkil etilganidan shu vaqtga qadar uning bosh direktorlari Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlar (ikki marta), Hindiston, Niderlandiya, Livan, Senegal va Braziliyadan saylangan.
O‘zbekiston FAOga 2001 yilda a’zo bo‘lgan. 2014 yilda FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ochilishi va sheriklik to‘g‘risidagi yangi kelishuv imzolanishi bilan mazkur hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. 2020 yil 5-7 may kunlari O‘zbekistonda FAOning 32-hududiy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Manba: agro.uz