JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
“Oʻzbekistonda qishloq xududi barqaror rivojlanishi” loyihasi doirasida treninglar
20 apreldan boshlab Andijon va Sirdaryo viloyatlarida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “Oʻzbekistonda qishloq xududi barqaror rivojlanishi” loyihasi doirasida kooperativlarni boshqarish va ishlab chiqarish faoliyati boʻyicha treninglar oʻtkazildi.
Treningda Andijon, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari, Quvasoy va Oltiariq tumani fermerlari, kooperativ aʼzolari, qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining xodimlari ishtirok etdi. Fransiya qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va qishloq rivojlanish boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish agentligi (ADECIA) tomonidan tashkil etilgan trening ADECIA fermer xoʻjaligi kooperativlarini boshqarish sohasidagi xalqaro eksperti janob Jak Rik tomonidan oʻtkazildi. Trening davomida muloqot, muzokara va shartnoma masalalari batafsil muhokama qilindi.
Mazkur tadbir loyiha doirasida amalga oshirilayotgan va fermerlarning kooperativlar toʻgʻrisidagi bilimlarini yaxshilashga qaratilgan treninglarning ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Avvalroq oʻtkazilgan birinchi bosqich kooperativlar konsepsiyasi va ishlash asoslariga bagʻishlangan edi.
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “Oʻzbekistonda qishloq xududi barqaror rivojlanishi” loyihasi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Sanoat vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan boʻlib; Germaniyaning Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamiyati (GIZ), Fransiya taraqqiyot agentligi qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va qishloq rivojlanish sohasida xalqaro hamkorlik (ADECIA), Italiya chorvadorlar assotsiatsii (AIA) va Bolgariya Tadbirkorlik va taraqqiyot markazining (CEED) koʻshma loyihasi hisoblanadi.
Манба: Матбуот хизмати