JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
PQ-3096-son 27.06.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli Farmonini ijro etish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishni maqsadli moliyalashtirishning prinsipial yangi mexanizmini joriy etish maqsadida:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) tashkil etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma kengashi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamentining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 16 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Jamg‘armaga moliyaviy operatsiyalar o‘tkazish uchun bir hafta muddatda milliy va chet el valyutasida tegishli maxsus hisobvaraqlari ochish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosilini moliyalashtirish;
davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish;
urug‘lik paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar, nav originatorlari bo‘lgan ilmiy muassasalarga, shuningdek urug‘lik chigitni tayyorlashda ishtirok etgan boshqa subyektlarga to‘lanadigan ustama mablag‘lari xarajatlarini qoplash;
jalb qilingan kredit va unga hisoblangan foizlarni qaytarish;
rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohasini moliyalashtirish bo‘yicha tajribasini keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy qilish maqsadida o‘rganish;
Departament faoliyatini ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirish.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
7. Quyidagilar Jamg‘armaning agentlari etib belgilansin:
paxta va g‘alla yetishtirish, xarid qilish, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish bo‘yicha moliya agenti — “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki;
Oldingi tahrirga qarang.
paxta xomashyosini xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish bo‘yicha tijorat agenti — “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati”;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5348-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son)
g‘allani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish bo‘yicha tijorat agenti — “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish bo‘yicha tijorat agenti — “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zmashlizing” mas’uliyati cheklangan jamiyati.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
8. Quyidagilar:
moliya agenti “Agrobank” ATBga — maxsus ochiladigan maqsadli hisobvaraqlar orqali davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan mahsulotlarga, shu jumladan zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi va hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, Jamg‘armaning maqsadli mablag‘larini va tegishli komissiya to‘lovlarini belgilangan muddatlarda qaytarilishi yuzasidan nazorat o‘rnatish;
Jamg‘armaga — davlat xaridi uchun paxta va g‘allaning umumiy hajmi bo‘yicha, shuningdek, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish bo‘yicha tijorat agentlari bilan Bosh bitim tuzish;
tijorat agentlariga — Jamg‘arma nomidan hamda u bilan kelishilgan holda, mahsulot xarid qilishda, kontraktatsiya shartnomalarini o‘z vaqtida tuzish, xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobini qilish, ularni xarid qilish, saqlash va qayta ishlashda belgilangan standartlarga rioya etilishi, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasining imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berilishi doirasida nazoratni ta’minlash yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Departament Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni 5a-uy manzilida joylashtirilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Departamentni Hukumat aloqa va shahar aloqasi vositalari bilan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-iyun,
PQ-3096-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PQ-3096-sonli qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi
tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘chqorov J.A. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri, Jamg‘arma kengashi raisi |
Mirzayev Z.T. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Jamg‘arma kengashi raisining o‘rinbosari |
Otajonov N.S. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari |
Xo‘jayev B.A. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri |
Yusupov B.T. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri |
lavozimi bo‘yicha |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri |
Xaitov A.A. |
— |
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi |
Xodjayev S.S. |
— |
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi |
Mirzayev Sh.Sh. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamenti direktori, Jamg‘arma kengashi kotibi |
Izoh: Jamg‘arma kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”;
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PQ–3096-sonli qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasini boshqarish departamentining
TUZILMASI
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 16 nafar, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni o‘rnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 27-son, 609-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3270/0004; 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)