JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
Jamg‘arma tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun ajratilayotgan subsidiyalarning 2021 yil noyabr oyi holatiga ko‘ra ma’lumot
Bugungi kunga qadar Jamg‘arma tomonidan 2 xil yo‘nalishda subsidiya ajratilib kelinmoqda. Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
12 iyuldagi 578-son “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan (traktorlar, aylanma omochlar, pnevmatik va mexanik ekish seyalkalar) kredit yoki lizing foiz xarajatlarining 10 foizlik punkti miqdorigacha;
Mahalliylashtirish darpajasi 20 foizdan kam bo‘lmagan texnikalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida” 952-son qaroriga asosan texnika qiymatining 15 foiz miqdorida.
Reja bo‘yicha 2021 yilda ushbu maqsadlar uchun 39,0 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratilishi belgilangan bo‘lib, 1 noyabr holatiga jami 1 470 dona texnika uchun 22,63 mlrd.so‘m subsidiya ajratildi, shundan 1 228 dona texnikani kredit va lizing foiz xarajatini qoplab berish uchun 17,11 mlrd.so‘m hamda mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan kam bo‘lmagan 242 dona texnikani qarorga muvofiq 15 yoki 30 foizini qoplab berish uchun 5,52mlrd.so‘m ajratilgan.
Yuqoridagi qarorlar talablariga muvofiq, subsidiya ajratish shartlarida quyidagilar belgilangan:
subsidiya oluvchi - qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi sub’ektlar, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlari hamda mexanizatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar bo‘lishligi;
texnikani kamida 1 yillik kafolat muddati va servis xizmati ko‘rsatuvchi markazlari bo‘lishligi;
lizing yoki kredit oluvchilar tomonidan texnikani 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda avans to‘langaniligi;
sotib olingan kunda ishlab chiqarilgani bir yildan oshgan mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan kam bo‘lmasligi.