JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun ajratilayotgan subsidiyalarning 2022 yil fevral oyi holatiga ko‘ra malumot
Bugungi kunga qadar Jamg‘arma tomonidan 2 xil yo‘nalishda subsidiya ajratilib kelinmoqda.
Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 578-son “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan (yangi zamonaviy g‘alla o‘rish va paxta terish texnikasi, barcha turdagi traktorlar, uch va undan ortiq korpusli aylanma omochlar hamda ko‘p vazifali pnevmatik va mexanik seyalkalar) lizing yoki kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktdan yuqori qismini qoplash uchun ajratiladi;
Mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam bo‘lmagan texnikalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida” 952-son qaroriga asosan texnika qiymatining 15 foiz miqdorida hamda sotib olingan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizini qoplash maqsadida xaridorga ajratiladigan mablag‘lar.
Mahalliy ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022 yil
1 yanvardan boshlab mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam bo‘lmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning vakolatli dilerlik tashkilotlari tomonidan xaridorlarga yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun bir vaqtda yuqoridagi 2 xildagi subsidiyadan foydalanishga ruxsat beriladi.
Reja bo‘yicha 2022 yilda ushbu maqsadlar uchun 110,00 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratilishi belgilangan bo‘lib, 2022 yil 1 fevral holatiga jami 165 дона texnika uchun 1,439 mlrd.so‘m subsidiya ajratildi, shundan 136 dona texnikani kredit va lizing foiz xarajatini qoplab berish uchun 775 mln.so‘m hamda mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam bo‘lmagan 29 dona texnikani qarorga muvofiq 15 yoki 30 foizini qoplab berish uchun 664,313 mln.so‘m ajratilgan.
Yuqoridagi qarorlar talablariga muvofiq, subsidiya ajratish shartlarida quyidagilar belgilangan:
1. subsidiya oluvchi - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, paxta-to‘qimachilik tashkilotchilari va klasterlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar;
2. texnikani kamida 1 yillik kafolat muddati va servis xizmati ko‘rsatuvchi markazlari bo‘lishligi;
3. lizing yoki kredit oluvchilar tomonidan texnikani 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda avans to‘langaniligi;
4. sotib olingan kunda ishlab chiqarilgani bir yildan oshgan mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam bo‘lmasligi;