JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
Meva va sabzavotchilik sohasiga jamg‘arma tomonidan ajratilgan imtiyozlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
15 dekabrdagi PQ–52-son qaroriga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab Moliya vazirligi xuzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan:
a) fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga - meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz (shundan 2 foiz bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga;
b) meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga – yetishirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada
12 oylik “revolver” kreditlar ajratiladi.
Murojaat uchun: (71) 239-19-91, (99) 812-11-33