JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
Bosh prokuraturaning Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi bilan hamkorlikda “korrupsiyadan holi” muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 12 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamenti hamkorligida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda korrupsiya holatlarining oldini olish, sohada “korrupsiyadan holi” muhitni shakllantirish va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida qonunbuzarliklarning oldini olish, moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tajribalar va samarali boshqaruv mexanizmlari tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida sohada shaffoflikni ta’minlash, hisobdorlik tizimini kuchaytirish yo‘nalishlarida mutasaddi idoralar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.