JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
SENTYABR oyi holatiga paxta va g‘alla hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT
Paxta-2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
10 noyabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi 130-son qarori talablariga asosan tuproqning bir bonitet baliga nisbatan normativ hosildorligidan kelib chiqib, 2022 yilgi paxta hosili uchun paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga tijorat banklarining buyurtmalariga asosan 2022 yilgi paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlari uchun jami 8 trln. 580 mlrd. so‘m, shundan paxta-to‘qimachilik klasterlariga 8 trln. 563 mlrd. so‘m va elita urug‘chilik xo‘jalik korxonalariga 17 mlrd. so‘m imtiyozli kredit resurslari o‘z vaqtida tijorat banklariga moliyalashtirib berildi.
G‘alla-2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
15 noyabrdagi “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”
PQ-10-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
11 martdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida” 130-son qaroriga asosan 2023 yil g‘alla hosili yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklarining buyurtmanomalariga asosan joriy yilning 1 sentyabr holatiga 248 mlrd. so‘m mablag‘lar ajratildi.