JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
E’LON!!! BARCHA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!!!
E’LON!!!
BARCHA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!!!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024 yil 1 maydagi topshirig‘iga asosan 2022 yil hosilidan davlat resursi sifatida xarid qilingan bug‘doy qoldig‘i hamda 2023 yil hosilidan qabul qilingan tovar bug‘doyning don qabul qilish shaxobchalarida saqlanayotgan qismini birja savdolari orqali barcha tadbirkorlarga cheklovlarsiz sotish hamda ushbu bug‘doydan ishlab chiqarilgan un mahsulotini eksport qilishga ruxsat berilgan.
Yangi 2024 yil hosili bug‘doy o‘rim-yig‘im mavsumi boshlanayotganligi munosabati bilan joriy yil 1 iyul sanasidan faqat vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan tovar bug‘doy birja savdolariga qo‘yiladi.
Jamg‘arma tomonidan davlat resursi sifatida xarid qilingan tovar bug‘doy qoldiqlari joriy yil 1 iyuldan birja savdolariga qo‘yilishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shu munosabat bilan, barcha tadbirkorlik sub’ektlaridan 2022 yil hosilidan hamda 2023 yil hosilidan qabul qilingan tovar bug‘doyning don qabul qilish shaxobchalarida saqlanayotgan qismidan birja savdolariga qo‘yilayotgan bug‘doy hajmlaridan 2024 yil 1 iyulgacha birja savdolarida faol qatnashib, tovar bug‘doyni xarid qilish va ushbu bug‘doydan ishlab chiqarilgan un mahsulotini eksport qilish imkoniyatidan foydalanishlari tavsiya etiladi.