JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
Paxta etishtirish va paxta yig‘im-tyerimi xarajatlarini moliyalashtirish
Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 noyabrda “Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2-sonli qarori qabul qilindi.
1. Ushbu qarorga muvofiq, 2022 yil hosilidan boshlab Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tartibi joriy qilindi:
a) paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimini imtiyozli moliyalashtirish paxta-to‘qimachilik klasterlari va Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari orqali amalga oshiriladi;
b) tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma resurslari hisobidan quyidagilar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi:
paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxta yetishtirish uchun — paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz (shundan,
2 foizi bank marjasi) stavkada 24 oyga, shu jumladan 18 oylik imtiyozli davr va 19-oydan boshlab so‘nggi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklariga paxta xom ashyosi yetishtirish uchun — paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz (shundan, 2 foizi bank marjasi) stavkada 14 oyga;
paxta-to‘qimachilik klasterlari va Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklariga paxta yig‘im-terimini moliyalashtirish uchun — paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz (shundan, 2 foizi bank marjasi) stavkada
12 oyga, shu jumladan 3 oylik imtiyozli davr bilan.
2. Shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxta xom ashyosi xaridi bo‘yicha yakuniy hisob-kitob uchun 12 oygacha muddatga milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Jamg‘arma tomonidan kompensasiya to‘lanadi.
Bunda, yakuniy hisob-kitob uchun ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha kompensasiya xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.