JAMG'ARMA XAQIDA
Normativ baza
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
Diqqat e’lon! Hurmatli fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jalik korxonalari rahbarlari!
Ҳурматли fermer xo‘jaliklari va qishloq
xo‘jalik korxonalari rahbarlari!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan hamda mamlakatimiz fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligini oshirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2026 yil g‘alla hosili hisobidan yetishtirilgan bug‘doyni xar bir tonnasi uchun 3 200 000 so‘mdan (o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga oshgan) Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan xarid qilinishi ma’lum qilinadi.
Jamg‘arma tomonidan 2026 yil g‘alla hosili hisobidan davlat resurslariga 1 500 000 tonna (o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga ko‘p) bug‘doy xarid qilinishi belgilangan.
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ 2026 yil
yanvar — aprel oylarida 3-sinf bug‘doy uchun birjada shakllangan o‘rtacha narxdan kelib chiqib, 3-sinf bug‘doy uchun o‘rtacha narxni o‘zining rasmiy veb-saytida 3 032 780 so‘m deb e’lon qilgan. (https://uzex.uz/fr/pages/commodities-quotes)
Jamg‘armaning ishonch telefoni: 71-239-02-19