Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Yangiliklar188 ko‘rildi

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 2021-yil 1-iyun holatiga paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan hamda rejalashtirilayotgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT.

Paxta-2021 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi qarori. Qishloq xo‘jaligi vazirligining 130-son qaroriga muvofiq, tuproqning…

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 2021-yil 1-iyun holatiga paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan hamda rejalashtirilayotgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT.

Paxta-2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi qarori.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining 130-son qaroriga muvofiq, tuproqning bir bonitet baliga nisbatan normativ hosildorligidan kelib chiqib, 2021-yil paxta hosili uchun paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirish uchun jami

8,1 trln. so‘m talab etiladi.

Jumladan, joriy yilning 1-iyun holatiga 2021-yilda paxta xomashyosi yetishtirish uchun paxta-to‘qimachilik klasterlariga 4 trln. 194 mlrd. so‘m  va xo‘jaliklarga 497 mlrd. so‘m, jami 4 trln. 691 mlrd. so‘m mablag‘ tijorat banklariga o‘z vaqtida ajratib berildi.

G‘alla-2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son qaroriga muvofiq, tijorat banklarining buyurtmanomalari asosida 2021-yilda g‘alla yetishtirish xarajatlari uchun

4,5 trln. so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 1,3 trln. so‘m ko‘p mablag‘ ajratildi.

G‘alla-2021 (yakuniy hisob-kitob)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-maydagi

304-son qarorlariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tomonidan 2021-yil hosilidan davlat resurslariga 2 434,4 ming tonna mahsulot va urug‘lik xarid qilinishi rejalashtirilgan. Shundan 2 150 000 tonnasi tovar g‘alla, 284,4 ming tonnasi urug‘lik g‘alla. Ushbu maqsadlar uchun Jamg‘armadan 4 414,5 milliard so‘m ajratish rejalashtirilgan.

Barcha yangiliklar
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 2021-yil 1-iyun holatiga paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan hamda rejalashtirilayotgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT. — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi