Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

YangiliklarTenderlar12 ko‘rildi

Diqqat eʼlon!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 11 iyunda “2026 yil hosilidan bugʻdoy xarid qilish va ichki bozorni bugʻdoy bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-son qarori…

Diqqat eʼlon!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 11 iyunda “2026 yil hosilidan bugʻdoy xarid qilish va ichki bozorni bugʻdoy bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-son qarori berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, “d-xarid.uz” elektron platformasini takomillashtirish maqsadida quyidagi modullarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun tanlovini eʼlon qiladi.

Ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi dasturchilardan oʻtkaziladigan tanlovda faol qatlashishlaringiz hamda tijorat takliflarni 7 kun muddat ichida Jamgʻarmaning (info@agrofin.uz) elektiron pochtasiga yuborishingiz soʻraladi.

AT quyi tizimlari roʻyxati va ularning funksiyalari

Tizim arxitekturasi asosiy Texnik topshiriqda koʻrsatilgan markazlashgan maʼlumotlar almashinuvi va nazorat funksiyalarini taʼminlovchi  asosiy funksional quyi tizimlarga qoʻshimcha quyidagilar qoʻshiladi:

№
Quyi tizim yoki modul nomi
Funksional imkoniyatlar
Foydalanuvchi (Rol)
1.                   
Birja savdolari (saqlash) quyi tizimi tarkibida hisob varaq-faktura yaratish moduli
Elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) shakllantirish. Saqlashga qoʻyilgan mahsulotlar boʻyicha xizmatlar fakturasini yaratish. Fakturalarni ERI (Elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlash va yuborish.  Fakturalar holatini (Qabul qilingan/Rad etilgan) kuzatish. Saqlashda boʻlgan fermer donini birja orqali sotilganda mijozga faktura yuborilishi
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari, prokuratura
2.                   
Davlat xaridi va urugʻlik don uchun Fakturalar moduli
Davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalarga asosan fakturalar yaratish. Urugʻchilik boʻyicha shartnomalariga biriktirilgan fakturalarni boshqarish. Joʻnatilgan va qabul qilingan hujjatlar arxivini yaratish. Jamlanma jadvallar yaratish, yakuniy hisob-kitobni shu fakturalar asosida shakllantirish.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari, prokuratura
3.                   
Tashish uchun Faktura moduli
Bugʻdoyni tashish xizmatlari uchun alohida tashish fakturalarini rasmiylashtirish. Transport xarajatlarini hisobga olish va aks ettirish.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari, prokuratura
4.                   
Ombor guvohnomalari quyi tizimi
Bugʻdoyni omborga qabul qilinganligini tasdiqlovchi guvohnomalarni tayyorlash, imzolash, koʻrish, hisobot jadvallarini tayyorlash. Ombordagi mahsulot miqdori, navi va sifat koʻrsatkichlarini nazorat qilish. Qoldiqlar boʻyicha maʼlumotnomalar shakllantirish va  fermer shaxsiy kabinetida aks ettirish, fermerga guvohnomani yuklab olishi va imzolashi uchun imkoniyat berish.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari, prokuratura,
ombor mudiri
5.                   
Ombor guvohnomalari quyi tizimi tarkibida maskan manzillari moduli
Don qabul qilish shoxobchalari (maskan) manzillarini tizimga kiritish, oʻzgartirish va koʻrish.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
6.                   
Eskport shartnomalari moduli
Jamgʻamgʻarma va chet el korxonasi bilan tuzilgan va imzolangan eksport shartnomasini elektron tarzda kiritib qoʻyish.
Jamgʻarma xodimlari
7.                   
Eksport uchun
Naryad quyi tizimi
Mahsulotni xaridorga yuklash uchun elektron naryadlar (buyurtmalar) yaratish.  Naryadlarni tasdiqlash va ijrosini nazorat qilish.  Bekor qilingan yoki bajarilgan naryadlar reyestrini shakllantirish.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
8.                   
Eksport uchun
GTD
Eksport yoki import qilingan tovarlar boʻyicha deklaratsiya maʼlumotlarini tizimga kiritish. Bojxona yuk deklaratsiyalarini fakturalar va shartnomalar bilan bogʻlash. GTD raqamlari orqali qidiruv va monitoring yuritish.
Jamgʻarma xodimlari
9.                   
Eksport uchun naryadlarga dalolatnomalar shakllantirish
Yuk yuklanganligi boʻyicha, har bir naryadga dalolatnoma yozuvi kiritish, elektron hujjat tayyorash, imzolash, imzolangan dalolatnomalarni jamgʻarmaga koʻrsatish. Jamlanma jadvallar yaratish, yakuniy hisob-kitobni shu fakturalar asosida shakllantirish
Jamgʻarma xodimlari
10.               
Eksport uchun dalolatnomalarga fakturaklar shakllantirish
Har bir toʻliq imzolangan dalalatnomaga bittadan faktura yaratish va jamgʻamraga yuborish imkoniyatini qoʻshish, jamgʻarma foydalanuvchilariga koʻrsatish, salbiy farqqa qoʻshish.
Jamgʻarma xodimlari
11.               
TTN (YUTNH)
Jamgʻarma tomonidan birjada sotilgan donni yuklashda tovar-transport yuk xatlarini shakllantirish. Transport vositasi, haydovchi va yuk maʼlumotlarini kiritish. Yukning manzilga yetganligi va qabul qilinganligini elektron tasdiqlash va rouming operatorlari tizimlari bilan sinxronlash.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
12.               
Kafolat xati
Don korxona rahbariyati ishlarni toʻgʻri tashkil qilish uchun shaxsiy javobgarlik yuklangan kafolat xatlarini elektron tarzda tayyorlash, ERI bilan imzolash. Hisobot jadvallari tayyorlash, topshiriq shartnoma va saqlash bitimini imzolashda cheklovlar oʻrnatish.
Don korxona buxgalteri, rahbari, jamgʻarma xodimlari
13.               
Mahsulotlarni birja savdolariga joylashtirilishi monitoringi
Birjada joylashtirilgan davlat xaridi uchun qabul qilingan don mahsulotini birja savdolariga chiqrilganligi boʻyicha hisobot jadvallar tayyorlash. Mahsulotlarni birja savdolariga joylashtirilishi boʻyicha grafik kiritish imkoniyatini tayyorlash. Excel dan import imkoniyatini yaratish.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
14.               
Xaridorlar boʻyicha sotuv
Birja savdolar orqali sotilgan donni maxsus roʻyxatdagi korxonalar boʻyicha monitoringini tayyorlash, korxonalar roʻyxatini shakllantirish, tuzatishlar qilish imkonin berish.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
15.               
Urugʻlik hisobvaraq-faktura
Don korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan urugʻlik bugʻdoyni fermerlarga sotish fakturalarini yaratish imkoniyatini yaratish. Jamlanma jadvallar yaratish. Hisobotlarni shakllantirish.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
16.               
Urugʻlik Sertifikatlar
Don korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan urugʻlik bugʻdoyni sertifikatlari boʻyicha monitoring modulini tayyorlash.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
17.               
Urugʻlik qoldiq
Don korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan urugʻlik bugʻdoyni fermerlarga sotish ekish, qaytarib berish boʻyicha qoldiq monitoring modulini tayyorlash.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
18.               
Urugʻlik narxlari
Don korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan urugʻlik bugʻdoyni fermerlarga sotishda faktura yaratish uchun, hosil yili nav va avlodi boʻyicha narxlarni sozlash modulini tayyorlash.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
19.               
Urugʻlik Dalolatnomalar
Don korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan urugʻlik bugʻdoyni oʻz yeriga ekkanda dalolatnoma orqali chiqim qilish modulini tayyorlash.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
20.               
Urugʻlik tarqatish shartnomalar monitoring moduli
Urugʻlik tarqatish shartnomalar monitoring modulini tayyorlash
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
21.               
Urugʻlik donni qaytarish
Norozi fermerlarga urugʻlik donini qaytarish modulini tayyorlash.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
22.               
Salbiy farq moduli
Jamgʻarma davlar xaridiga qabul qilingan donni sotilguncha qilingan xarajatlar va sotish daromadi oʻrtasidagi farqni aniqlash boʻyicha, fakturalar orqali hisob-kitoblar modulini tayyorlash. Jamlanma jadvallar yaratish, yakuniy hisob-kitobni shu fakturalar asosida shakllantirish.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
23.               
Ustama quyi tizimi
Bu quyi tizim “Koeffitsiyentlar”, “Ustama vaznlari”, “Ustama fakturalari” modullaridan tashkil topishi kerak va belgilangan koeffitsiyentlar asosida oldindan shakllangan ustama vaznlarini kiritish va shu ustama vaznlariga fakturalarni shakllantirish va rasmiylashtirish imkoniyatini berishi kerak.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
24.               
Koeffitsiyentlar moduli
Bu modul yordamida tasdiqlangan koeffitsiyentlar jamgʻarma xodimlari tomonidan tizimga kiritilishi taʼminlanishi imkoni yaratilishi kerak.
Jamgʻarma xodimlari
25.               
Ustama vaznlari moduli
Ushbu modul ustama hisoblash uchun shakllangan vaznni navlar boʻyicha don korxonasi xodimlari tomonidan tizimga kiritilishini taʼminlashi kerak.
Don korxonasi xodimlari
26.               
Ustama fakturalari
Ushbu modul tasdiqlangan ustama koeffitsiyenti asosida shakllangan ustama summasi urugʻlik donga fakturani shakllantirib, rasmiylashtirilishini (imzolanishini) taʼminlashi kerak.
Don korxona buxgalteri, rahbari, fermer, jamgʻarma xodimlari
Barcha yangiliklar