Версия для слабовидящих

Настройки сохраняются в этом браузере и применяются ко всем страницам.

Размер шрифта
Контраст
Изображения

Клавиатура: Tab — следующий элемент, Esc — закрыть.

Вопросы и ответы

Часто задаваемые вопросы

Ответы подготовлены подразделениями Фонда. Выберите направление или найдите свой вопрос.

4 вопр. найдено

Chorvachilik qarorining asosiy maqsadlari nima?

Qoramollar bosh sonini 16,5 milliontaga, qo‘y va echkilar bosh sonini 30 milliontaga, parrandalar bosh sonini 141 milliontaga yetkazish; Chorvachilik (go‘sht va sut) mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlash darajasini 50 foizga olib chiqish; Nasldor qoramollar ulushini 90 foizga yetkazish orqali chorva mollari mahsuldorligini oshirish; Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida ozuqabop ekinlar maydonlarini 1,5 baravarga ko‘paytirish.

Источник: №435
Chorvachilik loyihalariga kredit qanday shartlarda ajratiladi?

Har bir moliyalashtirilayotgan loyiha bo‘yicha 10 (o‘n) yilgacha muddatga, yillik 6 (olti) foiz stavkada, 4 (to‘rt) yillik imtiyozli davr bilan hamda imtiyozli davr tugaganidan so‘ng qolgan muddat davomida asosiy qarzni oyma-oy teng ulushlarda qaytarish sharti asosida joylashtiradi

Источник: №435
Chorvachilikda qaysi loyihalarga qancha mablag‘ ajratiladi?

Chorvachilik majmualarini tashkil qilish hamda nasldor yirik va mayda shoxli qoramol xarid qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun 5 milliard so‘mgacha; chorvachilikda naslli buqalar urug‘ini yetishtiradigan korxonani tashkil qiladigan tadbirkorlik subyektlariga qurilish, asbob-uskunalar va naslli qoramollar sotib olish loyihalarini moliyalashtirish uchun 20 (yigirma) milliard so‘mgacha;

Источник: №435
Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarini moliyalashtirish tartibi qaysi normativ hujjatda belgilangan?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 06 avgustdagi Chorvachilik hamda baliqchilik tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 435-sonli qarorida belgilangan.

Источник: №435