JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
PF-5428-son 03.05.2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini libyerallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son, «Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017-yil 7-noyabrdagi PF-5229-son, «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son, «Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son farmonlari, «2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini divyersifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3422-son va «Paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-may,
PF-5428-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Eksport-import opyeratsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmonida:
a) 2-banddagi «vakil qilingan banklarga» so‘zlari «tijorat banklariga» so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
1, 4, 5, 7, 10, 14, 15-bandlardagi va IV bo‘lim nomlanishidagi tegishli son va kelishikdagi «vakil qilingan bank» so‘zlari tegishli son va kelishikda «tijorat banki» so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimlarida ishlovchi ayollarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2004-yil 7-dekabrdagi PF-3521-son Farmonida:
nomlanishi va muqaddimadagi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi» so‘zlari «Tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi» so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi «2004-yilning 1-dekabridan boshlab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘yicha maslahatchi lavozimlarida ishlovchi pensionyer ayollarga» so‘zlari «tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari» so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida»gi 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmonida:
2-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridan «valyuta» so‘zi chiqarib tashlansin;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«5. «Navoiy» erkin iqtisodiy zonada ro‘yxatdan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga eksport va import qilinadigan tovarlar uchun haq to‘lash va hisob-kitob qilishning ularga qulay shartlari va shakllaridan foydalanishga ruxsat etilsin».
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-son Farmoni bilan tasdiqlangan Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun o‘rnatilgan kafolatlar, imtiyozlar va afzalliklar ro‘yxati I bo‘limi 12-bandi uchinchi va beshinchi xatboshilarining rus tilidagi matnidagi tegishli kelishikdagi «upolnomochennыe banki» so‘zlari tegishli kelishikda «kommyercheskiye banki» so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2012-yil 9-iyuldagi PF-4451-son Farmonida
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat xizmatchilarining mehnatini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi 1997-yil 13-maydagi PF–1778-son Farmonining mehnat haqi bo‘yicha Yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq rag‘batlantirish koeffitsiyenti sifatida maoshlarga 20 foizli ustama haq o‘rnatilishini nazarda tutuvchi 1-bandining amal qilishi tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari lavozimiga hamda «Mahalla posboni» rahbarlariga nisbatan joriy etiladi»;
3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmoni 5-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi sifatida bayon etilsin:
«eksport va import qilinadigan tovarlar uchun haq to‘lash va hisob-kitoblarning ular uchun qulay shart va shakllaridan foydalanishga haqlidir».
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-son Farmonida:
nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»;
1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi»;
ikkinchi xatboshidan «davlat xaridi uchun» so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
7-banddagi «Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga» so‘zlari «Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasiga» so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi» so‘zlari «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi» so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017-yil 30-iyundagi PF-5099-son Farmonida:
5-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushumlar doirasida dividendlarni chet el valyutasida naqdsiz shaklda xalqaro to‘lov kartalariga amalga oshirishga»;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
«tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushumlar doirasida chet el mutaxassislariga ish haqini chet el valyutasida naqdsiz shaklda xorijda ochilgan xalqaro to‘lov kartalariga amalga oshirishga»;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017-yil 24-iyuldagi PF-5120-son Farmonining 2-bandida:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
«budjet tizimi budjetlari mablag‘larining tushumi va sarflanishini tahlil qilish»;
sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishincha to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmoniga 4-ilovaning «Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha 7-ishchi guruh tarkibida:
39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«39. |
M.J. Shaymatov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamenti bosh yuriskonsulti»; |
43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«43. |
M.Sh. Norboyev |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamenti bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari». |
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Orol dengizining O‘zbekistonga tegishli qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish tartibi va mexanizmi haqida»gi 2006-yil 24-oktabrdagi PQ-498-son qarorida:
muqaddimadagi «O‘zbekneftgaz» MXK» so‘zlari «O‘zbekneftgaz» AJ» so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O‘zbekneftgaz» AJ o‘z xarajatlarini qoplash va investorlar Konsorsiumining daromadli mahsuloti ulushi uchun tegishli bo‘lgan valyuta mablag‘lari marketing kompaniyasi tomonidan uning xorijiy bankdagi hisobvarag‘idan «O‘zbekneftgaz» AJning O‘zbekiston Respublikasining tijorat bankida ochilgan maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi»;
3-banddagi «O‘zbekneftgaz» MXKga» va «vakolatli bankida» so‘zlari tegishincha «O‘zbekneftgaz» AJga» va «tijorat bankida» so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2007 — 2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-son qarori 4-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«4. Davlat aktivlarini investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotishda investorlar tomonidan chet el valyutasidagi pul mablag‘lari shaklida kiritiladigan investitsiyalari korxonalarning alohida hisobvarag‘iga o‘tkazilishini ko‘zda tutuvchi tartib joriy etilsin».
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«9. Belgilansinki, tabiiy gaz eksporti va tranzitini amalga oshiruvchi barcha korxonalarga (mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim doirasida faoliyatini amalga oshiruvchi investorlar bundan mustasno) mahsulot eksportidan tushgan valyuta tushumi birinchi navbatda budjet, davlat maqsadli jamg‘armalari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lashga yo‘naltiriladigan tartib tatbiq etiladi».
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2013-yil 10-oktabrdagi PQ-2050-son qarori 4-bandining beshinchi xatboshisidan «fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari» so‘zlari chiqarib tashlansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2016-yil 17-noyabrdagi PQ-2658-son qarorining 14-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni «Ispolnitelnыy apparat vnebudjetnogo Pensionnogo fonda» blokidan oldin «Departament po upravleniyu Fondom gosudarstvennoy poddyerjki selskogo xozyaystva» bloki bilan to‘ldirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari tayanch punkti to‘g‘risidagi nizomning 24-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«24. Profilaktika inspektorlari tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari bilan quyidagi masalalarda o‘zaro hamkorlik qiladilar:
aholi, ayniqsa, xotin-qizlar, voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha fuqarolarning huquqiy madaniyati va faolligini oshirishga yo‘naltirilgan tushuntirish ishlarini tashkil etish;