BARCHA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!!!
2024.0.14
|
614
E’LON!!!
BARCHA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!!!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 iyundagi 325-sonli qarori bilan 2022-2023 yillar va 2024 yil hosilidan davlat resursi sifatida xarid qilingan tovar bug‘doy barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga birja savdolari orqali cheklovlarsiz sotilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan, 2022-2023 yillar hamda 2024 yil hosilidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan davlat resursi sifatida xarid qilingan tovar bug‘doyni birja savdolarida faol qatnashib, xarid qiling hamda ushbu tovar bug‘doydan ishlab chiqarilgan un mahsulotini realizatsiya qilib, daromadingiz miqdorini oshirish imkoniyatidan keng foydalaning!