JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
Hurmatli fermer xo‘jaliklari hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari!

Hurmatli fermer xo‘jaliklari hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2025 yildagi
PF-7-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 06.03.2025 yildagi 145-son қарорига asosan paxtachilik sohasida 2025 yil hosilidan boshlab quyidagi subsidiyalar joriy qilindi.
Fermer xo‘jaliklariga:
1) paxta xom ashyosini o‘z mablag‘lari va tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, Birjada sotgan xo‘jaliklarga tuzilgan hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi;
2) paxta xom ashyosini yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni hosil yilining yakuniga qadar qaytargan xo‘jaliklarga kredit foizining 4 foizlik punkti qaytarib beriladi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlariga:
1) paxta xomashyosini yetishtirish xamda xo‘jaliklardan xarid qilish uchun milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari foiz to‘lovlarining 14 foiz punktidan yuqori qismi qoplab beriladi;
2) paxta xomashyosini o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilgan klasterlarga sotib olingan paxta xomashyosi bo‘yicha rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura qiymatining 8 foiz miqdori qoplab beriladi.
v) 2022-2023 yillar paxta xomashyosini yetishtirish va yig‘im-terimini moliyalashtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni tijorat krediti stavkasida rasmiylashtirilgan klasterlarga 2025-2026 yillarda hisoblanadigan kredit foizining 10 foiz punkti qoplab beriladi.