Финансирование
Программы финансирования
Льготные средства и субсидии, выделяемые за счёт ресурсов Фонда через коммерческие банки и лизинговые организации.
Направления деятельности
Основные направления деятельности Фонда, механизмы финансирования и субсидирования.
Льготный кредит
- Хлопок
Paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash
Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari paxta yetishtiruvchilarga imtiyozli kredit ajratadi. Kredit miqdori tuproq bonitet balliga nisbatan normativ hosildorlik va eʼlon qilingan narx asosida hisoblanadi.
10%· до 14 мес.
- Хлопок
Paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash
Yig‘im-terim mavsumi xarajatlari uchun alohida kredit liniyasi. Kreditlash moliya yilining 1-sentabridan boshlanadi.
10%· до 4 мес.
- Хлопок
Paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash
Klasterlar va to‘qimachilik korxonalari fyuchers shartnomasi bo‘yicha qabul qilingan paxta uchun yetishtiruvchilar bilan hisob-kitob qiladi. To‘lovning 80 foizi paxta qabul qilingan kundan uch ish kunida, qolgani 31-dekabrga qadar birjaning kliring tizimi orqali o‘tkaziladi.
10%· до 12 мес.
- Пшеница
Bug‘doy yetishtirish xarajatlarini kreditlash
Fermer xo‘jaliklari, urug‘chilik xo‘jaliklari va yer uchastkasi mavjud boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlari uchun. Kreditlash agrotexnik tadbirlar muddatlariga mos ravishda oldingi yilning 1-sentabridan moliya yilining 1-iyunigacha.
10%· до 12 мес.
- Семенная пшеница
Urug‘lik bug‘doy uchun to‘lovlarni amalga oshirish mexanizmi
Urug‘lik tayyorlash korxonalari qabul qilingan urug‘lik bug‘doy uchun hisob-kitobni Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan ikki bosqichda amalga oshiradi.
- Товарная пшеница
Davlat xaridiga qabul qilingan tovar bug‘doy uchun hisob-kitoblar
Fermer xo‘jaliklari va boshqa bug‘doy yetishtiruvchilar tovar bug‘doyni keyinchalik birja savdolari orqali sotish uchun Jamg‘armaning tijorat vakillari omborlarida vaqtincha saqlashga topshirishi mumkin.
- Плоды и виноград
Meva va uzum hosilini moliyalashtirish
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali meva-uzumchilik xarajatlarini kreditlash.
14%· до 12 мес.
- Картофель
Kartoshka yetishtirishni moliyalashtirish
Kartoshka yetishtirish xarajatlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlash. Kredit sug‘urta polisi asosida ajratiladi.
12%· до 12 мес.
- Теплицы
Issiqxona xo‘jaliklarini moliyalashtirish
Aylanma mablag‘larni to‘ldirishga, shuningdek chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatishga imtiyozli kredit.
14%· до 12 мес.
- Кормовые и масличные культуры
Ozuqabop va moyli ekinlarni moliyalashtirish
Ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlash.
12%· до 12 мес.
- Животноводство
Chorvachilik loyihalarini moliyalashtirish
Chorvachilik majmualarini tashkil qilish, nasldor qoramol xarid qilish va naslli buqalar urug‘ini yetishtiradigan korxonalar uchun uzoq muddatli imtiyozli kredit.
6%· до 120 мес.
- Рыбоводство
Baliqchilik loyihalarini moliyalashtirish
Baliqchilik majmualari, naslli baliq xaridi va baliq yetishtirish loyihalari uchun uzoq muddatli imtiyozli kredit.
6%· до 120 мес.
Лизинг
Субсидия
- Хлопок
Subsidiya: birjada sotilgan paxta uchun EHF qiymatining bir qismini qoplash
O‘z mablag‘i yoki tijorat krediti hisobidan paxta yetishtirib, birjada sotgan qishloq xo‘jaligi subyektlariga elektron hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi qaytariladi.
- Хлопок
Subsidiya: imtiyozli kreditni muddatidan oldin qaytarganlarga foiz qaytarish
Imtiyozli kreditni hosil yili yakuniga qadar to‘liq qaytargan paxta yetishtiruvchilarga to‘langan foizning bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi.
- Хлопок
Subsidiya: klasterlarga tijorat krediti foizini qoplash
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega korxonalarga paxta yetishtirish va xarid qilish uchun olingan tijorat krediti foizining bir qismi qoplanadi.
8%
- Хлопок
Subsidiya: o‘z mablag‘i hisobidan xarid qilingan paxta qiymatini qoplash
Klasterlar va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega korxonalarga o‘z mablag‘lari hisobidan birjadan xarid qilingan paxta xomashyosi uchun har bir bitim bo‘yicha shakllangan EHF qiymatining 10 foizi qoplanadi.