JAMG'ARMA XAQIDA
TIJORAT AGENTLARI
FUQAROLAR MUROJAATLARI
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
2020 yil 5-7 may kunlari O‘zbekistonda FAOning 32-hududiy konferensiyasi o‘tkaziladi
Bugun BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkiloti (FAO) 41-sessiyasi oldidan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Tashkilotning Yevropa uchun 32-hududiy konferensiyasi O‘zbekistonda o‘tkazilishiga doir tashabbus FAO hamda 51 ta Yevropa va Osiyo mamlakatlari Qishloq xo‘jaligi vazirlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Mazkur hududiy konferensiya 2020 yilning 5-7 may kunlari O‘zbekistonda, Markaziy Osiyo davlatlari orasida ilk marotaba o‘tkaziladi. FAOning strategik maqsadlari ochlikka qarshi kurash, qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va baliqchilikning hosildorlik va barqarorligini oshirish, qishloq hududlarida qashshoqlikni kamaytirishga hissa qo‘shishdir.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya turli mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Misr, Koreya, Ukraina, Qozog‘iston, AQSH, Chili singari mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari va boshqa rasmiy doira vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Konferensiya doirasidagi uchrashuvlarda FAOning O‘zbekistondagi yangi loyihalarini amalga oshirishga kelishib olinmoqda.
Tashrif tafsilotlarini kuzatib boring.
Manba: agro.uz